Ayollar futboli. O'zbekiston U-19 uchinchi nazorat uchrashuvida ham g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2018, 16:21
Osiyo o'yinlari saralashiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Namanganda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi yana bir nazorat o'yini o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.

Shu paytga qadar Karima Yo'ldosheva shogirdlari "Qo'qon-1912" va "Neftchi" ayollar jamoalariga qarshi o'yin o'tkazib, 8:2 va 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.
 
Kecha futbolchi qizlarimiz Andijondagi "Sog'lom avlod" markaziy o'yingohida "Andijanka" jamoasiga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollarni Tojiniso Rashidova (27) va Arina Smirnova (54) kiritishdi.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining Namangandagi yig'ini 25 iyulga qadar davom etadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz