Ayollar futboli. O'zbekiston U-16 Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
10 sen 2018
Xabaringiz bor, futbol bo'yicha O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi shu yilning 15-23 sentyabr kuni Shri-Lanka davlatida bo'lib o'tadigan osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.

Ayni paytda Ilhom Xanjariev shogirdlari mazkur saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Terma jamoa a'zolari 8 sentyabrdan beri Toshkentdagi "Chig'atoy" sport majmuasida mashg'ulotlar olib borishmoqda.Ertaga Ilhom Xanjariev shogirdlari "Bunyodkor" klubinining 2005-yilda tug'ilgan futbolchilar jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
 
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi 12 sentyabr kuni erta tongda Toshkent-Kuala-Lumpur-Kolombo reysi orqali Shri-Lanka mamlakatiga jo'nab ketadi.
 
Yig'inda quyidagi futbolchilar qatnashmoqda:
 
Darvozabonlar:

Polyushkevich Angelina
Davlatova Aziza
 
Himoyachilar:

Kosnikova Marina
Qo'chqorova Sevinch
Tursunalieva Fotima
Zaidbaeva Mahliyo
Toshpulatova Rushana
Alieva Durdona
Jumaeva Zarina
Ashurova Sevinch
 
Yarim himoyachilar:

Sodiqova Parvina
Tursunalieva Zuhra
Sheralieva Nozima
Xatamova Umida
Erkinova Kamola
Iskandarova Nodira
Saydullaeva O'g'iloy
Mamatkarimova Zarina
 
Hujumchilar:

Jo'rabaeva Diyora
Oraniyazova Leyla
Akteryakova Angelina
Suyunova Oysora
Abdukarimova Mahzuna


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz