Ayollar futboli. KXDR o'smirlari - Jahon chempioni!

Narzulla Saydullayev
22 okt 2016
Kecha Iordaniyada bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionati yakunlandi.

Final uchrashuvida Osiyoning ikki jamoasi KXDR va Yaponiya to'qnash kelishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda KXDR omadliroq chiqdi - 5:4.

Shu tariqa, KXDR o'smir qizlari ikkinchi marta Jahon chempioni bo'lishdi. 2008 yilda ham bu jamoa dunyoda tengsiz bo'lgandi. Yaponiya o'smirlari esa o'tgan mundialda tengsiz bo'lishgandi.

Ayollar futboli
U-17 Jahon chempionati
Final

Yaponiya - KXDR 0:0 (penaltilar seriyasi 5:6)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia