“Ayntraxt F”-“Inter”. Kecha milanliklar safida 16 yoshli hujumchi maydonga tushdi

Sebastian Espozito kecha Evropa ligasi 1/8 finali javob o'yinida ishtirok etdi.

Espozito Evropa ligasida o'ynagan ikkinchi eng yosh italiyalik futbolchi bo'ldi. “Inter” hujumchisi kech maydonga tushganida 16 yosh 255 kunlik edi. 

Bu borada rekord “Palermo” sobiq hujmchisi Gabriele Zebroga tegishli. U 2010 yil dekabrida “Lozanna” klubiga qarshi maydonga tushganida,  16 yosh 213 kunlik edi. 

Espozito,  shuningdek,  “Inter”ning Evrokuboklarda maydonga tushgan eng yosh o'yinchisi bo'ldi. 


Manba: Gracenote Live