"Ayntraxt" Andre Silvani 40 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga qo'yib yuborishga tayyor

Alisher
7 may 2021, 17:38
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchi Andre Silvani "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor.

Nemis klubi "qizil iblislar"ga 25 yoshli portugaliyalik futbolchini 40 million evroga sotishga rozi ekanligini bildirib, javob qaytardi.

Silva 2020/21 yilgi mavsum "Ayntraxt" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchining narxini 42 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Daily Express