“Ayaks” futbolchisi: “Pogba? Men hali hech qachon bir xalta pul gol urganini ko'rmaganman”

Aslanov Jasurbek
20 may 2017, 00:41
“Ayaks” yarim himoyachisi Matiys De Ligtning aytishicha, Gollandiya klubi Yevropa ligasi finalidagi raqibi “Manchester Yunayted”dan cho'chiyotgani yo'q.

“Bu kabi musobaqanin finalida to'p tepish doim ham nasib etavermaydi. Shu sabab bu bahsda g'olib chiqishimiz lozim. Pogba qo'rquvga solmayaptimi? Yoxan Kroyff aytganidek, men hali hech qachon bir xalta pul gol urganini ko'rmaganman. Agar xotirjam, o'z o'yinimizni ko'rsata olsak bizda g'olib chiqish uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi”, deydi “Ayaks” yarim himoyachisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Givemesport.com