"Ayaks" "Arsenal" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqda - Here We Go!

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Ayaks" himoyachi Takexiro Tomiyasu bilan shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishdi.

27 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan tuziladigan bitim 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U "Arsenal"ni tark etganidan so'ng erkin agent maqomida edi. Seshanba kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va bitimga imzo chekish uchun Amsterdamga yetib boradi.

Tomiyasu 2024/25 yilgi mavsum APLda 1 o'yin o'tkazgan. Undan oldingi mavsumda esa londonliklar safida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano