"Avtogol" - "Barselona" to'purarlari orasida uchinchi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 11:35
Barselona YCHL 6-turida Sportingni mag'lub etdi (2:0). Ikkinchi gol mehmonlar himoyachisi Jeremi Mate hisobiga yozildi.

Ushbu mavsumda Kataloniya klubi raqiblari 6-marta avtogol qayd etishdi.

Agar uni "Avtogol" sifatida to'purarlar ro'yxatiga kiritsak, Luis Suares bilan (6 gol) birga uchinchi o'rindan joy oladi.

"Barselona"ning bu mavsumdagi eng yaxshi to'purari - Lionel Messi. Argentinalik futbolchi 17ta gol urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose