Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Mirjalol Normatov
22 dek 2020
"Bavariya" himoyachisi David Alaba Avstriyada ettinchi marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu sovrin uchun Marsel Zabitcer ("Leyptsig") va Dominik Soboslay ("Zalcburg") ham kurash olib borgandi.

"Bu katta g'urur. Sovrin uchun barchadan xursandman", - dedi Alaba.

David 2011-2016 yillar davomida ketma-ket 6 marta ushbu sovringa ega chiqqan.

Oldinroq u "Real" yoki "Barselona"ga o'tishi kutilayotganligi haqida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal