

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Avstraliyalik 192 sm bo'yga ega markaziy himoyachi Aleksandar Shushnyar "Lokomotiv" bilan kelishuvga erishdi", – deyiladi xabarda.
Shushnyar faoliyati mobaynida Avstraliya, Litva, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Koreya va Serbiya kabi mamlakatlarda to'p tepgan.
30 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum Avstraliyaning "Nyukasl Yunayted Jets" jamoasi libosida 20 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.


