Avazbek O'lmasaliev: "Buyog'iga Superligada oson bahslar bo'lmaydi"

Alisher Ostonov
20 sen 2025
Superliganing 22-turidan o'rin olgan OKMK – "Bunyodkor" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Avazbek O'lmasaliev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Buyog'iga Superligada oson bahslar bo'lmaydi. Jizzaxda biz istagan natija bo'lmadi. Shundan so'ng jamoa yig'ilib, g'alaba qozonishimiz zarurligini gaplashdik va mana bugun natijasi. "Bunyodkor" bizning ikkinchi golimizdan so'ng o'yinni tashlab yuborgandek", - dedi Avazbek O'lmasaliev g'alabadan so'ng.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia