Avazbek O'lmasaliev: "Bunyodkor"dagi ichki muhit va o'zgarishlar? Bor e'tiborimiz yangi mavsumga tayyorgarlikka qaratilgan"

Iskandarov Abdulaziz
17 yanv 2023
"Bunyodkor" jamoasi kecha Abu-Dabidagi yig'in doirasida ilk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Jamoa himoyachichisi Avazbek O'lmasaliev mashg'ulot jarayonlari va "Al Vahda" bilan o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


- Avaz o'quv-mashg'ulot yig'inlari qanday ketyapti, jamoada qanday kayfiyat hukmron?

- Yig'in avval rejalashtirilgandek boshlandi. Jamoada, futbolchilarning kayfiyati zo'r, deb ayta olaman. Oldinda bizni yaxshi jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari kutmoqda. Xalqaro o'yinlar istaymizmi yoki yo'qmi baribir foydali bo'ladi. Xatolar ko'zga tashlanadi. 

- "Al Vahda" bilan o'yin haqida fikrlaringiz?

- Raqib o'zi yaratgan bitta imkoniyatdan foydalanib ketdi. Bizda ham gol urish uchun vaziyatlar etarlicha edi. Lekin samara chiqara olmadik. Fikrimcha maydonda tengkurash kechdi. "Al Vahda" yaxshi jamoa ekanligi barchaga ma'lum, ular OCHLda ishtirok etgan, "Bunyodkor" bilan ham ko'p to'qnash kelgan. Umuman olganda tanish raqib. Faqat g'alaba qozona olmaganimiz biroz ranjitdi. 

- "Al Vahda"ning ustunligi ko'proq nimada bo'ldi?

- Faqat hisobda ustun keldi. O'yin teng o'tdi. 

- Klubdagi o'zgarishlardan keyin ichki muhitda o'zgarish yuz bermadimi?

- Jamoada ichki muhit doim a'lo bo'lgan, bundan keyin ham shunday qoladi. Biz professional futbolchilarmiz. O'z ishimizni qilishimiz kerak, tamom. E'tiborni yangi mavsumga tayyorgarlikka qaratganmiz. Diqqatimizni boshqa narsalar bilan bo'lmasligimiz kerak. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia