"Atletiko" sardori Koke g'alabalar soni bo'yicha klub tarixidagi eng yaxshi o'yinchiga aylandi

Alisher
20 dek 2020
"Atletiko" kecha La Liga 14-tur doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng "Atletiko" sardori Koke g'alabalar soni bo'yicha klub tarixidagi yetakchiga aylandi - 280.

Ispaniya terma jamoasi xavbeki bu borada Adelardo Rodriges Sanchesdan o'zib ketdi. "Atletiko" esa La Liga jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Qayd etish kerakki, Koke "Atletiko" tizimiga 8 yoshida, yani 2000 yilda kelgan va shundan beri "matraschilar" sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com