"Atletiko" Ederson uchun 35+3 mln evro taklif qiladi. "Atalanta" 50 mln olmoqchi

"Atletiko" "Atalanta"ning 29 yoshli yarim himoyachisi Ederson uchun 35 million evro va 3 million bonus taklif qiladi.

Bergamo klubi yarim himoyachi uchun 50 million evro so'ramoqda.

Ispan klubi allaqachon futbolchi bilan yiliga 5 million evro maosh va 2 million evro miqdoridagi imzo bonusi bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.

Ederson bu mavsumda A Seriyada 23 ta o'yinda 1 ta gol urdi.


Manba: gianlucadimarzio.com