“Atletiko” prezidenti: “YCHLni qo'lga kiritsak, hayron bo'lmang”

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2020
Enrike Seresoning fikricha, “matraschilar” joriy mavsum Yevropaning eng yaxshi jamoasiga aylanishi mumkin.

“Biz – ajoyib jamoamiz, agarda Chempionlar Ligasini tomoshabinlarsiz o'yingohda yutadigan bo'lsak, hayron bo'lmang.

Joriy yil oson o'tmayapti, ammo u bizniki bo'lish ehtimoli mavjud. Ispaniya chempionatidagi vaziyat esa ijobiy emas, lekin YCHLda hammasi yaxshi. “Atletiko” musobaqa finaliga qadar yetib borishiga aminman. Bizni bir nechta uchrashuv hal qiluvchi bahsdan ajratib turibdi. Diego Simeone xotirjam va u nima qilishni biladi”, deydi madridliklar rahbari.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As