

"Sivitas Metropolitano" stadionida kechgan bahsda Diego Simeone shogirdlari to'liq ustunlik qilishdi. 22-daqiqada hujumchi Aleksandr Syorlot hisobni ochgan bo'lsa, 75-daqiqada mehmonlar himoyachisi David Lopes o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani 87-daqiqada yarim himoyachi Tyago Almada qo'ydi.
25 yanv 2026, 18:00
Atlético Madrid — Mallorca

3 – 0
Tugadi

Ushbu g'alabadan so'ng "matraschilar" 44 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinni mustahkamlab olishdi. "Malorka" esa 21 ochko bilan 16-pog'onada bormoqda.
Navbatdagi turda "Atletiko" 31 yanvar kuni safarda "Levante" mehmoni bo'lsa, "Malorka" 2 fevralda "Sevilya"ni qabul qiladi.



