"Atletiko" "Chelsi"ning portugaliyalik futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher Ostonov
20 iyul 2025
"Atletiko" "Chelsi"dan Renatu Veyganing transferi ustida ishlamoqda.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, madridliklar himoyachining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Unga Veyganing o'zi ham qiziqish bildirmoqda.

"Atletiko" "Chelsi" bilan muzokaralarda oldinga siljishga tayyor. Londonliklar portugaliyalik uchun kamida 40 mln evro olishni istamoqda.

Veyga o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Yuventus"da o'tkazdi va klub safida A Seriyada 13 ta o'yinda maydonga tushdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano