"Atletiko", "Barselona" va MYU fransiyalik futbolchi uchun raqobatlashmoqda

Alisher
12 noya 2019, 10:20
"Renn" tayanch yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga Yevropaning grand klublari qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, futbolchiga "Atletiko", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

Klubning o'zi esa tarbiyalanuvchisini 30 million evroga sotishga tayyor.

17 yoshli Kamavinga joriy mavsum "Renn" safida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: L’Equipe