"Atletiko" 30 million evrolik transferni amalga oshirishga yaqin

Alisher
21 noya 2019, 14:24
"Atletiko Paranaense" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesh "Atletiko"ga o'tishga yaqin.

22 yoshli xavbekning transferi Madrid klubiga 30 million evroga tushadi.

"Atletiko Paranaense" vakillari o'tgan hafta bitimning oxirgi shartlarini muhokama qilish uchun Ispaniyaga tashrif buyurishgan.

"Atletiko" yozda "Atletiko Paranaense"dan Renan Lodini ham xarid qilgan edi. Iyunda Madrid klubiga o'tgan Lodi jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo'lishga ulgurdi va yuqori saviyadagi o'yin namoyish qilmoqda.

Bruno Gimaraesh tayanch yarim himoyasida harakat qiladi va u 2019 yilgi mavsum Braziliya chempionatida 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: AS