"Atalanta" - "Valensiya" o'yini Lombardiyada koronavirusning tarqalishining bosh sababchisimi?

Alisher
23 mar 2020
Italiyada koronavirus avj olmoqda.

Xabarlarga ko'ra, 19 fevral kuni o'tkazilgan Chempionlar Ligasi 1/8 final "Atalanta" - "Valensiya" uchrashuvi Lombardiyada koronavirus tarqalishining bosh manbasi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, o'yin "San-Siro"dagi to'la tribunalar ostida o'tgan edi. Hozirgi vaqtda Italiyada deyarli 60 ming inson koronavirusga chalingan va 6 mingga yaqini vafot etgan. Kasallanganlarning deyarli yarmi Lombardiyaga to'g'ri keladi.


AlisherMuallif
Manba: cadenaser.com