"Atalanta" prezidenti PSJ bilan o'yin haqida: "Bu biz uchun huddi maktabga borishdek bo'ladi"

Alisher
10 iyul 2020
"Atalanta" prezidenti Antonio Perkassi Chempionlar Ligasi qur'asi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, "Atalanta" 1/4 finalda PSJ bilan o'ynaydi.

"Yevropaning eng kuchli 8ta jamoasi ichida bo'lish - orzu. Bu Bergamo uchun tarixiy lahzalardir. PSJ bilan o'ynaymiz, juda kuchli jamoa. Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz.

Bu biz uchun maktabga borishdek gap. Bu unutilmas kecha bo'ladi", - deydi klub prezidenti.

Qayd etish kerakki, ushbu juftlik g'olibi "Leyptsig" - "Atletiko" o'yini g'olibi bilan yarim finalda to'qnash keladi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia