Atalanta – Milan. Mezbon jamoa muxlislari maydonga banan otishdi

Narzulla Saydullayev
11 may 2014, 17:42
Atalanta muxlislari Milanga qarshi o'yinda maydonga bananlarni uloqtirishdi.
Ushbu bananlar rossonerlar vakillari Kevin Konstant va Nayjel De Yong tomon otilgan ko'rinadi. Gollandiyalik futbolchi mevalarni qo'liga olib muxlislarga qarab qo'lini silkitib qo'ydi.

Oldinroq Vilyarreal fanatlari Barselona himoyachisi Daniel Alvesga banan otishgandi. O'shanda futbolchi bananni olib eb qo'ygandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru