“Aston Villa” 18 yoshli Aaron Remsi bilan professional shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
16 mar 2021, 20:40
Bu haqda birmingemliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

18 yoshli yarim himoyachi Aaron Remsi “Aston Villa” bilan ilk shartnomasini imzoladi. U 9 yoshdan boshlab klub sistemasida tarbiyalanib kelayotgandi.

Remsi joriy mavsum Angliya yoshlar ligasida 14 o'yinda qatnashib, 6+3 natijaga erishdi.

Ma'lumot o'rnida, futbolchining akasi Jeykob hozirda asosiy jamoada faoliyat olib bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/AVFCOfficial