

Bolgariyalik 50 yoshli mutaxassis “Astana”ni 2014 yilda qabul qilib olgandi. Ilk mavsumdayoq u jamoani Qozog'iston chempioniga aylantirdi. Shunday keyin yana qatorasiga yana 3 yil “Astana” bilan mamlakat chempioni bo'ldi.
2015 yilda “Astana” Stoylov murabbiyligida Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichida o'ynagan Qozog'istonning ilk klubiga aylandi. Mavsum-2017/18da esa jamoa Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichiga yetib kelgan ilk qozoq klubi bo'ldi.



