

Marca xabariga ko'ra, futbolchi mashg'ulotlardan biridan so'ng o'ng oyog'ida noqulaylik his qilgan. Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bugungi uchrashuvda futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi.
Ertaga ispaniyalik vinger tibbiy tekshiruvlardan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, asosiy darvozabon Tibo Kurtua, hujumchi Karim Benzema va himoyachi Eder Militao "Al Ahli"ga qarshi o'yinda "qaymoqranglilar"ga yordam bera olishmaydi, ammo ularning turnir finalida ishtirok etish ehtimoli mavjud.



