

Bu haqda nufuzli AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Real" va Mourinyu o'zaro talablarni o'rganib chiqqan va shartnoma imzolashga yaqin qolgan. Shartnoma joriy mavsum tugagandan so'ng imzolanishi kutilmoqda.
Ayni paytda muzokaralarni shaxsan Joze Mourinyu va "Real" prezidenti Florentino Peres olib bormoqda. Bu "Real" kabi buyuk jamoani boshqarishda tushunmovchiliklarning oldini olish uchun qilinmoqda.
63 yoshli Joze Mourinyu avvalroq "Real"ni 2010–2013 yillarda boshqargan. Hozir mutaxassis Portugaliyaning "Benfika" klubida ishlamoqda.



