Artyom Petrosyan: "O'yinni yakka kurashlarda yutqazganimiz uchun boy berdik"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2025, 20:37
Proliga 12-turi doirasida "Jayxun"ga qarshi bellashuvdan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok tdi.

"Juda og'ir o'yin bo'ldi. Yakka kurashlarni boy berdik, hisobda oldinda borayotgan paytimiz burchak zarbalaridan ikkita alamli gol o'tkazib yubordik. Bugungi uchrashuvni yakka kurashlarda yutqazganimiz uchun boy berdik".

- "Jayxun" jamoasining bugungi o'yinini qanday baholay olasiz?

- "Jayxun" yaxshi jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Haqiqiy futbol o'ynashga harakat qilyapti, pozicion hujumlar uyushtiryapti.


- "Jayxun"da tanaffusda birdaniga uchta o'zgarish amalga oshirildi. Bu o'zgarishlar o'yinga qay darajada ta’sir o'tkazdi?

- O'yinni aynan o'sha almashtirishlar o'zgartirdi demagan bo'lardim, o'zimiz kurashlarni boy berdik. Hozir bahonadek bo'lib qolishi mumkin, lekin 3 nafar futbolchimiz bugun safimizda yo'q edi. Ular U-17 va U-18 terma jamoalariga chaqirilgan. Bu ham o'yinga o'z ta’sirini o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia