

"Topskills Sports UK" ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal"ning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Arteta yaqinlariga shu mavsumda ham Angliya Premer-ligasini, ham Chempionlar Ligasini yuta olsa, klubni tark etishga tayyor ekanini aytgan.
Xabar qilinishicha, Arteta bu yutuqlarni "Arsenal" bosh murabbiyi sifatidagi sport ambiciyalarining eng yuqori nuqtasi deb biladi va ularga erishganidan keyin o'zini boshqa klubda sinab ko'rishni rejalashtirmoqda.
Bu ssenariyda Artetani istashi mumkin bo'lgan asosiy klublardan biri - Madridning "Real"i. "Qirollik klubi" uni diqqat bilan kuzatib boryapti va klub uchun uzoq muddatli murabbiy sifatida ko'ryapti.
Artetaning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi va hozircha uni uzaytirish bo'yicha hech qanday muzokaralar bo'lmagan.
Ispaniyalik mutaxassis 2019 yilning dekabrida "Arsenal" bosh murabbiyi etib tayinlangan. Shundan beri u klub boshqaruvida 334 o'yin o'tkazib, 207 ta g'alaba, 57 ta durang qayd etgan va 70 marta mag'lub bo'lgan.
"Qizil-oqlar" joriy mavsum Premer-ligada 1-o'rinni egallab turibdi va uzoq kutilgan chempionlikka yaqin turibdi. Shuningdek, jamoa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida ishtirok etmoqda va u yerda Leverkuzenning "Bayer"i bilan to'qnash keladi.



