Arteta O'zil bo'yicha oxirgi qaror qachon qabul qilinishini aytdi

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2021
Avvalroq, “to'pchilar” xavbeki Mesut O'zil “Fenerbahche” vilan shartnoma borasida kelishib olgani xabar qilingandi.

“Agar bu oyda biron bir qaror qabul qilinadigan bo'lsa, bu faqatgina ikkala tomonga – Mesut va klubga ham mos keladigan holatda amalga oshadi. Shunday bo'lgan taqdirda bu masalani ko'rib chiqamiz, agar bo'lmasa, u holda O'zil “Arsenal”da qoladi.

Ha, qaror yaqin fursatlarda qabul qilinishi kerak, chunki mavsumning ikkinchi qismida futbolchini qaydnomaga kiritish kerakmi, unga ishonish kerakmi yo yo'q, shuni aniqlab olish lozim.

O'zil so'nggi yillardagi asosiy o'yinchilardan biri bo'lganini tushunamiz. Qaror qabul qilish kerak edi va men buni bajardim. Bu qanday oqibatga olib kelishini bilardim va endi yanvarda ham qaror chiqarish lozim. Hammasini o'ylab chiqib, to'g'ri tanlov qilamiz”, deydi Arteta.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal