Kechagi g'alabadan so'ng Arteta nimalar dedi?

3 may 2026, 09:45
Mikel Arteta "Fulxem" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alabani sharhladi.

"Uchrashuv boshidan ajoyib o'yin ko'rsatdik. Bir nechta individual chiroyli harakatlarni ko'rdik, bu juda muhim. O'yin juda jonli o'tdi, ko'p hujum harakatlari bo'ldi. Juda yuqori intensivlikdagi pressing namoyish etdik.

Biz o'zimizning kuch, qatiyat va sovuqqonligimizni ko'rsatdik. O'yinga ko'p energiya kiritdik va yigitlar bunga a'lo darajada javob qaytardi.

Jamoa butun yil davomida juda barqaror o'ynadi. O'ylaymanki, bir yil ichida klub tarixidagi eng ko'p g'alabani qo'lga kiritdik.

Biz ritmni ushlab oldik. Endi biz stadion tarixidagi eng muhim o'yinlardan birini o'tkazishimiz kerak ", - dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.


Manba: The Times