Arteta: "Arsenal" har uch kunda shunday o'ynayotganidan faxrlanaman"

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2026
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga Kubogi yarim finalining birinchi o'yinida "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alaba (3:2) haqida gapirdi.

"Biz juda kuchli jamoaga qarshi, uning stadionida o'ynadik. Jamoam erishgan natijalardan faxrlanaman. Har uch kunda shunday o'ynayotganimiz rostan ham qoyil qoldiryapti. Yarim finallarda doimiy ravishda o'ynashni xohlaymiz. Mavsum davomida qilgan barcha ishlarimiz muhim edi.

Xavercning qaytishi? Bu jamoa darajasini oshiradi va u bizga juda kerak. Oldindagi o'yinlar sonini inobatga olsak, barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Shuning uchun tarkibda hamma borligidan xursandman", – dedi Arteta.

Javob o'yini 3 fevral kuni "Emireyts" stadionida tashkil etiladi. Yana bir yarim finalda "Manchester Siti" ilk o'yinda "Nyukasl"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC