Arshavin: “O'zil o'yinni sekinlashtiradi, uni “Arsenal” kelajagida ko'rmayapman”

Eldor Akmurzayev
31 mar 2020
“To'pchilar”ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Arshavin Mesut O'zil haqida o'z fikrlarini aytdi.

“Albatta, O'zilni juda hurmat qilaman. U jahon darajasidagi futbolchi. Biroq, shaxsiy fikrim, u o'yinni sekinlashtiradi. Men boshqa futbolchini afzal ko'rardim.

Arteta esa boshqacha fikrlaydi va O'zilni tez-tez maydonga tushiradi. Ha, uning o'yini “Arsenal”da yaxshilandi, lekin kelajakda uni jamoada ko'rmayapman.

U darvozaga kam zarba yo'llaydi. U pas berish uchun vaziyat qidiradi, bu esa raqib himoyachilarining vazifasini osonlashtiradi”, deydi rossiyalik sobiq futbolchi.

Mesut joriy mavsum APLda 18 o'yin o'tkazib, 1+2 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: 888sport