“Arsenal”ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi

Eldor Akmurzayev
18 noya 2020
Avvalroq, Muhammad El Nenining test natijalari ijobiy chiqqandi.

Bosniya va Gertsegovina TJ matbuot xizmati xabariga ko'ra, “Arsenal” himoyachisi Sead Kolashinacda ham virus aniqlandi. 

Shu tufayli 27 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi doirasida bugun o'tadigan Italiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi, shuningdek, klub safida “Lids” (22 noyabr) bilan o'yinda ham “Arsenal”ga yordam berolmaydi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com