

33 yoshli futbolchining transferi haqida "Al-Shabab" klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda rasman e'lon qildi.
Parti yangi klubga erkin agent maqomida qo'shildi. Afrikalik futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumni Ispaniyaning "Vilyarreal" klubida o'tkazib, UEFA Chempionlar Ligasi, Ispaniya chempionati va kubogida 32 ta o'yinda ishtirok etdi.
"Al-Shabab" mavsumni Saudiya Pro-Ligasining 1-turida "Al-Qodisiya"dan uchragan mag'lubiyat bilan boshladi (1:3). Klubda shuningdek "Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Yasin Adli, "Atletiko"ning sobiq futbolchisi Yannik Karrasko harakat qilmoqda.



