"Arsenal"ning asosiy futbolchilaridan biri "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2017
Hujumchi Olive Jiru "Tottenxem"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 12-tur uchrashuvida "Arsenal"ga yordam bera olmaydi.

Bu haqda "to'pchilar" ustozi Arsen Venger matbuot-anjumanida aytdi. Jiru Uelsga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:0) jarohat oldi. O'sha bahsda 31 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasi safidagi 69-uchrashuvida 29-golini urdi. Forvard 73-daqiqada maydonni tark etdi.

"U maydonga tushadi deb o'ylamayman. Mustafi va Uelbekka to'xtaladigan bo'lsak, ertaga ular yana bir bor tekshiruvdan o'tishadi.

O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, "Arsenal" autsayder deb hisoblamayman. Ha, "Tottenxem" - yaxshi jamoa, biroq g'alaba qozonish uchun bizda hamma narsa bor. O'zimizning eng yaxshi sifatlarimizni namoyon etmoqchimiz" - deydi Venger.

"Arsenal" - "Tottenxem" uchrashuvi 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun