"Arsenal"ning 13 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga MYU nuqta qo'ydi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
Mikel Arteta shogirdlari bir yarim oy ichida ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.

Londonning "Arsenal" klubi APL 23-turi doirasida o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Kanonirlar" oxirgi marta o'tgan yilning 6 dekabrida "Aston Villa"ga (1:2) yutqazishgan edi. O'shandan buyon jamoa 9 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etib kelayotgandi.

Endi "Arsenal" bor e'tiborini evrokuboklarga qaratadi. Jamoa 28 yanvar kuni Chempionlar Ligasi doirasida Qozog'istonning "Kayrat" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru