"Arsenal" yarim himoyachisi "Liverpul"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
30 sen 2018
"Liverpul" "Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzini nishonga oldi.

Mirror xabariga ko'ra, "qizillar" 27 yoshli xavbekni kelasi yilning yozida transfer qilishmoqchi. O'shanda futbolchining jamoasi bilan shartnomasi yakunlanadi va erkin agentga aylanadi. "To'pchilar" futbolchini qishda sotib yuborishga harakat qilishmoqda.

Bu mavsumda Remzi "Arsenal" tarkibida 7 o'yinda qatnashib, 2 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror