"Arsenal" Villianga uch yillik shartnoma taklif qildi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2020
"Arsenal" "Chelsi"ni erkin agent sifatida tark etayotgan vinger Villianga rasmiy taklif bilan chiqdi.

Chempionlar Ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi safar uchrashuvi Villianning "Chelsi"dagi so'nggi o'yini bo'lishi mumkin. "Ko'klar" 31 yoshli braziliyalikni o'z safida saqlab qolish niyatida emas.

"Arsenal" bundan foydalanishga harakat qilmoqda. Villian murabbiy Mikel Artetaning yorqin uslubi, jamoa texnik direktori hisoblanmish vatandoshi va do'sti Edu sababli Londonda qolishni afzal bilishi mumkin.

Ammo "Arsenal" taklif qilgan uch yillik shartnomaning moliyaviy tomoni "Barselona" va "Inter Mayami"ning taklifidan yuqori emas.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports