"Arsenal", "Stouk" va "Everton" Asia Trophy musobaqasida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2015, 07:33
Premer-Liga ishtirokchilari "Arsenal", "Stouk" va "Everton" yozda Singapurda bo'lib o'tadigan Barclays Asia Trophy musobaqasida qatnashishadi.
Barclays Asia Trophy har ikki yilda Angliyadan tashqarida o'tkaziladi. Yozda bu musobaqada "Arsenal" va "Stouk" debyut qilishadi, "Everton" esa 2005 yilda ishtirok etgan.

To'rtinchi jamoa Singapur milliy chempionati klublarida o'ynayotgan futbolchilardan tuziladi. Musobaqa pley-off tizimida bo'lib o'tadi. 15 iyulda yarim final bo'lib o'tsa, 18 iyulda uchinchi o'rin uchun va final bahsi bo'lib o'tadi.

Barcha to'rtta o'yin Singapurdagi Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi. Bu stadion 2014 yilda qurib bitkazilgan. Arena o'z bag'riga 55 ming tomoshabinni sig'diradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru