“Arsenal” sobiq futbolchisi: “Chelsi” nima uchun David Luizdan voz kechgani ma'lum”

16 avg 2019, 08:13
Emmanuel Peti “Arsenal”ning yangi futbolchisi David Luizning transferiga munosabat bildirdi.

“Lempard Davidning ketganidan afsusda deb o'ylamayman. Aynan u Luiz borasida qaror chiqargan. “Chelsi” nima uchun braziliyalikdan voz kechgani aniq deb o'ylayman. Luiz 32 yoshga kirdi. Frenk esa futbolchiga boshqa o'zining rejalariga kirmasligini bildirgan. U jamoada qolsa, asosiy tarkibda maydonga tushavermasdi. Luiz boshidanoq Lempardning rejalariga kirmagan”,-deydi Peti.


Manba: Paddy Power