"Arsenal" "Seltik" hujumchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 mar 2020
London klubi "Seltik" hujumchisi Odsonn Eduarni o'z safiga chorlaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, "kanonirlar" yozda Obameyang bilan xayrlashishlari mumkin, shu sababli jamoa Eduar bilan qiziqmoqda. 

Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta shaxsan o'zi "Seltik" forvardi Odsonn Eduarni "Arsenal"ga olib kelish istagida.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli futbolchining transfer narxi 30 million funtga baholanmoqda.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mirror