"Arsenal" Saka bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazadi

Alisher
19 mar 2025
"Arsenal" hujumchi Bukayo Saka bilan yangi shartnoma borasida rasmiy muzokaralarni boshlamoqchi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan.

23 yoshli ingliz dekabr oyidan beri maydonga tushmayapti, sababi u "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda tizza osti payidan jarohat olgandi. U operaciya qilindi.

Saka "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMuallif
Manba: BBC