"Arsenal" O'zilni APL uchun e'lon qilingan qaydnomaga ham kiritmadi

Eldor Akmurzayev
20 okt 2020
Avvalroq, germaniyalik xavbek klubning Yevropa Ligasi 2020/21 yilgi mavsumi uchun berilgan futbolchilar ro'yxatidan joy olmagandi.

"To'pchilar" Angliya chempionati uchun 25 futbolchini qaydnomadan o'tkazdi. Mesut O'zil esa bu safar ham tarkibdan chetda qoldi. U yaqin orada "Arsenal" bilan kelishuvni bekor qilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli yarim himoyachi 2013 yildan buyon londonliklar sharafini himoya etib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2021 yil yozigacha edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Index