"Arsenal" Lyakazettga yangi shartnoma borasida taklif bilan chiqqanicha yo'q

Mirjalol Normatov
17 sen 2021
"Arsenal" rahbariyati hujumchi Aleksandr Lyakazettga yangi shartnoma taklif qilmadi.

"ESPN" xabariga ko'ra, London klubi kelasi yili shartnomasi yakunlanadigan 30 yoshli futbolchi bilan kelajagi borasida muhokamalarni o'tkazmagan. Sasha ushbu mavsumda faqatgina 2 o'yinda maydonga tushdi va Liga Kubogida "Vest Bromvich"ga gol urdi.

Lyakazett 2017 yildan buyon jamoa tarkibida 172 o'yinda qatnashib, 66 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal