"Arsenal" Kolashinacning ijarasi uchun qancha oladi?

Alisher
1 yanv 2020
Himoyachi Sead Kolashinacning "Arsenal"dan "Shalke"ga o'tishdagi moliyaviy shartlari ma'lum bo'ldi.

27 yoshli futbolchi Rur klubi uchun 2,2 million evroga tushdi. Shuningdek maoshning bir qismini "Arsenal" to'laydi. Sead "Shalke"ning og'ir moliyaviy ahvoli tufayli maoshning katta qismini rad etgan.

Futbolchining ijarasi 4 yanvardan kuchga kiradi va iyunga qadar davom etadi. Himoyachi "Shalke"ning "Gerta"ga qarshi o'yinida maydonga tushmaydi. Bu o'yin ertaga bo'lib o'tadi.

Kolashinac 2012-2017 yillar davomida ham "Shalke" sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Kicker