

“To'pchilar” futbolchini sotib olish uchun 52 mln evro sarflaydi. Tomonlar bu masalada kelishuvga erishdi. Hozirda londonliklar forvardning shartnomasi borasida ish olib bormoqda va shundan so'ng transfer rasman e'lon qilinadi.
Braziliya TJ a'zosi yakunlangan mavsum “shaharliklar” libosida 41 bahsda qatnashib, 13+12 natija ko'rsatdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.



