

Ukraina va Rossiya o'rtasidagi keng ko'lamli harbiy mojarodan beri Zinchenko o'z vatandoshlarini qo'llab-quvvatlash uchun 1 million funt sterlingga yaqin xayriya qilgan.
Biroq, Zinchenko moliyaviy yordam va qo'llab-quvvatlashdan ko'ra ko'proq narsani qila olishini ma'lum qildi. 27 yoshli futbolchi armiyadan chaqiruv olsa, jangga borishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Menimcha, javob aniq. Men (jang qilish uchun) borgan bo'lardim.
Bilaman, bazilar Londonda bo'lish Ukrainada bo'lishdan yaxshiroq deb o'ylaydi. Biroq men vatanim uchun barcha narsaga tayyorman. Umid qilamanki, bu urush tez orada tugaydi, - dedi Zinchenko .



