

"Shaxsan men hech narsa eshitmadim, hech qanday taklif olganim yo'q. Ko'pchilik internetda gapirishni yaxshi ko'radi. Mening e'tiborim "Arsenal"ga qaratilgan. Shuning uchun ham shartnoma imzoladim. Men klubda 5 yildan beri ishlayapman va u qanchalik o'sganini ko'rdim", – dedi 27 yoshli braziliyalik.
Futbolchi 2025 yilning iyunida "Arsenal" bilan shartnomasini 2029 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirdi.
Magalyaes 2024/25 yilgi mavsum London klubida 42 o'yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 75 million evroga baholamoqda.



