

"Daily Express" ma'lumotiga ko'ra, "kanonirlar" Maksans Lakruaga qiziqish bildirgan. Bo'yi 191 sm bo'lgan markaziy himoyachi elit klublar uchun yuqori darajadagi kuchaytirish sifatida baholanmoqda va allaqachon "Arsenal" hamda "Liverpul" skautlari diqqat markazida bo'lib turibdi.

25 yoshli fransiyalik futbolchi 2024 yilning yozida "Volfsburg"dan ko'chib o'tganidan so'ng Premer-ligaga juda tez moslashdi va jismoniy kuchi hamda himoyadagi ishonchli o'yini bilan iliq taassurot qoldirdi. Biroq "Kristal Pelas" bir transfer oynasida ikki nafar asosiy himoyachisidan ayrilishni istamayapti. Shu sababli, agar Lakrua transferi amalga oshsa, u ehtimol yozga qoldiriladi.



