"Arsenal" "Benfika" bilan Rodrigo borasida kelishuvga erishdi
Narzulla Saydullayev
28 yanv 2014
"Arsenal" "Benfika" bilan 22 yoshli hujumchi Rodrigoning transferi bo'yicha muzokaralarni yakunladi, deb xabar bermoqda "O Jogo".
Biroq kelishuv qanchaga amalga oshishgani haqida e'lon qilinmadi. Endi bu transferni "Arsenal" ustozi Arsen Venger tasdiqlashi kerak. Agar murabbiy bunga rozi bo'lsa Rodrigo "kanonirlar" safiga o'tadi.